Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAJBURIY IJRO BYUROSI UCHKO‘PRIK TUMAN BO‘LIMINING RASMIY BAYONOTI

×

 2020-02-21 16:49:50    1853

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Uchko‘prik tumani hokimligi sud qarorini bajarmayotganligi haqida ma’lumot tarqatildi.

Mazkur holat yuzasidan majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 2020 yil 17 yanvardagi Uchko‘prik tumani hokimligidan B.Qoraboev foydasiga 325 million 342 ming so‘m qarz va 98 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risida ijro hujjati 2020 yil 3 fevral kuni MIB Uchko‘prik tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan byudjet tashkiloti hisoblangan Uchko‘prik tumani hokimligi moliyaviy majburiyati bo‘yicha undiruvni nazarda tutadigan ijro hujjatlari tegishli tartibda tuman g‘aznachilik bo‘limiga yuborilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 13 maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lariga va byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, mablag‘lar tuman g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilishi lozim.

Ta’kidlash joizki, Nizomning 17-bandida byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha mablag‘larni to‘lashga doir xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi qayd etilgan.