Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA VA OILANI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘LIMIGA RAHBARLAR TAYINLANDI

×

 2020-02-24 16:45:08    1177

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 24 fevral kuni Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida tuman faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, to‘rtta sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

SHuningdek, faollar yig‘ilishida viloyat hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Saidmurod Aminjonov qatnashdi.

Yig‘ilishni tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev boshqarib bordi. Tuman hokimi o‘z ma’ruzasida ta’kidlaganidek, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning joriy yil 18 fevralda qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.

YAngi tuzilmaga ko‘ra, vazirlikning hududiy bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosari hisoblanadi.

Farmon talablaridan kelib chiqib, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Mamatov Erkinjon Yigitalievich Uchko‘prik tumani hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

SHuningdek, bo‘lim boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib, hozirgacha Uchko‘prik tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Xolmirzaeva Muniraxon Mahamadovna, bo‘lim boshlig‘ining Xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari etib, tuman ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i YArmatov Odil Muxamedovich hamda bo‘lim boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari etib, hozirgacha tuman “Mahalla” jamoat fondi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Davronov Bahodir Yo‘ldashevich tayinlandi.