Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT XIZMATLARIDAN UYDA FOYDALANING!

×

 2020-03-25 15:44:20    1258

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yil 25 martidan boshlab Davlat xizmatlari markazida asosan onlayn xizmat ko‘rsatishga o‘tildi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarini qabul qilish va ular bilan ishlash faqat elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali amalga oshiriladi.

Markaz mutaxassislari fuqarolarimiz xavfsizligi va salomatligini ta’minlash maqsadida davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda masofadan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Barcha davlat xizmatlari elektron shaklda my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda taqdim etiladi. Bunda siz elektron raqamli imzo bilan id.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanishingiz mumkin.

Jumladan, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini shakllantirish, fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish kabi davlat xizmatlaridan  masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud.

Davlat xizmatlari faqat kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina idorada amalga oshiriladi.

Eslatma: Fuqarolarni markaz binosga kiritish faqat tibbiy niqob taqilgan, qo‘llar antiseptik vositalar bilan yuvilgan va tana harorati o‘lchangandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Bino tashqarisi va ichida fuqarolar o‘zaro masofa (2 metr) saqlashlari lozim.

Bekzodjon UMARQULOV,

tuman Davlat xizmatlari markazi direktori