Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

USTOZLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

×

 2020-02-13 11:01:06    1176

PDF yuklash
Chop etish


YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularni barkamol voyaga etkazishda ustoz-murabbiyning o‘rnini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Zahmatkash kasb egalari o‘g‘il-qizlarimizning dunyoni anglashiga ko‘mak berish, ularni ilmu fan olamiga olib kirishdek ulug‘ vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqda.

Uchko‘prik tumanida o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish maqsadida 3 nafar xalq ta’limi xodimi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda 1 nafar o‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muxtaram Usmonova, 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mahkamova Kamolatxon, 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Saidova Karimaxonga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining mehnat fani o‘qituvchisi Rasulova Zamiraxon va 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Saidova Karimaxon Xalq ta’limi vazirining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.