Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH TADBIRKORLAR UCHUN “BIZNES KOUCHING” O‘TKAZILADI

×

 2020-03-10 18:07:31    1063

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida tadbirkorlar jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari va jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularda tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, bandligini ta’minlash, imtiyozli mikrokreditlar olishida ko‘maklashish, uy mehnati va kasanachilikni, ishlab chiqarishni rivojlantirishda tajribali tadbirkorlarning ko‘magi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Joriy yilning 14 mart kuni ishsiz yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish va ularni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ularda biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Biznes kouching” o‘tkazilishi belgilab olindi.

Ilk marta tashkillanayotgan “Biznes kouching”da tajribali tadbirkorlar va mutaxassislar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunlar, biznes-reja tuzish va uni amalga oshirishda bank kreditlaridan foydalanish kabi masalalar yuzasidan tushuncha va tavsiyalar beradi.