Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 324 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JURNALISTLAR BILAN IJODIY UCHRASHUV

×

 2020-03-12 17:24:09    1065

PDF yuklash
Chop etish


Bugun bolalar musiqa va san’at maktabida badiiy ijod va jurnalistika sohasiga qiziqqan, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatayotgan yoshlar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosari SHuhratjon Pozilov, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Ashurov, xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari, umumta’lim maktablari psixologlari va 200 nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tuman hokimligi va ichki ishlar bo‘limi hamkorligida tashkillangan tadbir avvalida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida ilgari surilgan muhim fikr va g‘oyalar, belgilangan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

– Prezidentmiz yoshlar masalalarida ilgari surgan g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etishda barchamiz birdek mas’ulmiz, – dedi tuman hokimi o‘rinbosari SHuhratjon Pozilov. – Biz bir yoqadan bosh chiqarib, mamlakatimizda boshlangan yangi davr, barcha sohalarda kechayotgan islohotlarni har bir yoshga etkazishimiz kerak.

Ijodiy uchrashuvda “Tohir Bag‘dod” televideniesi asoschisi Tohir Hamroqulov, bosh muharriri Zarif SHaripov, “Mening yurtim” telekanali muxbiri Vohidjon Aliev jurnalistika sohasiga qiziqqan yoshlar bilan samimiy muloqot qilishib, o‘z kasblarining sir-asrorlari bilan o‘rtoqlashishdi. O‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.