Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO‘CHMA DO‘KONLAR FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

×

 2020-03-29 13:47:03    1092

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi sinovli vaziyat barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlikka, hushyorlikka chorlamoqda. Davlat va nodavlat muassasalari, jamoatchilik vakillari, saxovatpesha insonlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yanada ko‘proq muruvvat ko‘rsatmoqda.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari tashabbusi bilan hududlarda keng miqyosda xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kam ta’minlangan, sharoiti og‘ir xonadonlar, yakka yolg‘iz keksalar, bemor yotgan va nogironligi bor fuqarolar xolidan xabar olinib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy niqoblar tarqatilmoqda. 

Aholi orasida karantin tartib-qoidalari, xukumatimiz topshiriqlari va shifokorlar tavsiyalariga amal qilish lozimligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘chma do‘konlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, oziq-ovqat mahsulotlari aholi xonadonlariga etkazib berilmoqda.

Xonadonlar, ko‘chalar, savdo do‘konlari va tashkilotlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.