Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HAR BIR YOSHGA – UCH NIHOL” AKSIYASI O‘TKAZILDI
2020-02-24 15:57:13 989
“YUlg‘unzor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Har bir yoshga – uch ko‘chat” aksiyasi o‘tkazildi.
O‘simliklar dunyosi hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbaidir. Bir gektar maydondagi daraxtlar bir kecha-kunduzda o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta’minlashga etadi. Oddiy qilib aytganda, to‘rtta daraxt bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Tuman hokimligi va YOshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan daraxt ekish aksiyasi yoshlarda ekologik, estetik, tabiatparvarlik madaniyatini yuksaltirish jihatidan ham e’tiborga molik xayrli tadbir bo‘ldi.
Aksiyada tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev va korxona-tashkilotlar rahbarlari, yoshlar ishtirokida 500 tup manzarali daraxt nihollari ekildi.