Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTOR RAHBARLARINING HISOBOTI ESHITILDI

×

 2020-03-10 12:25:38    1060

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 10 mart kuni Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev ochdi va olib bordi.

Sessiyada Uchko‘prik tumanida 2020 yilda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan tuman sektor rahbarlarining axboroti eshitildi va muhokama qilindi.

Sektor rahbarlari – tuman hokimi, 1-sektor rahbari Akmaljon Mahmudaliev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ahmadjon To‘xtasinov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Alisher Ashurov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Usmonali Ahmadaliev o‘zlari biriktirilgan sektor yoshlarining bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlili bilan deputatlarni tanishtirdilar.

Sessiyada Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ahrorjon Adhamov ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Deputatlar sektor rahbarlarining axborotiga faol munosabat bildirib, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish borasidagi amaliy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdilar.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi.