Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘QUVCHILAR – DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA

×

 2020-02-22 12:35:37    1152

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizdagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi. Markaz direktori hamda mutaxassislar Ularga davlat xizmatlari markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. O‘quvchi-yoshlar ko‘plab davlat xizmatlaridan, jumladan, infokiosk va elektron navbatdan foydalanishni amalda sinab ko‘rishdi.

SHuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘p foydalanilayotgan elektr, ichimlik suvi va gaz tarmoqlariga ulanish hamda ushbu tarmoqlar bo‘yicha hisobga olish uskunalarini echish va o‘rnatishga ariza yuborish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish va boshqa xizmatlardan foydalanish tartiblari aytib o‘tildi. Bitiruvchilarga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun DXM orqali hujjat topshirishning afzallik tomonlari tushuntirildi.

Barcha davlat xizmatlaridan YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali – “my.gov.uz” orqali ham foydalanish, identifikatsiyalashning yagona tizimi – “id.gov.uz”da ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinet yaratish va murojaat yuborish borasida ma’lumot berildi.

Bekzod UMARQULOV,

Uchkoprik tuman davlat xizmatlari markazi direktori