Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOZORLARDA NARXLAR BARQAROR, MAHSULOTLAR ZAXIRASI ETARLI

×

 2020-03-29 13:50:53    968

PDF yuklash
Chop etish


Karantin davrida Uchko‘prik tumanidagi Dehqon bozorida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa turdagi mahsulotlar joylarda uzluksiz sotilishini ta’minlash, narx-navo sun’iy oshib ketmasligining oldini olish maqsadida tuman hokimligida shtab tashkil etilgan.

Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev va sektor rahbarlari, prokuratura huzuridagi departament, soliq idorasi mutasaddilari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda.

Bugungi kunda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari: un, yog‘, go‘sht, guruch, makaron, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi narxining barqarorligi ta’minlangan.

Bunga tadbirkorlar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari, ko‘rilgan ma’muriy choralar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida aholini oziq-ovqat mahsulotlari g‘amlash borasida vahimaga tushmaslikka chorlagan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida erishildi.

Ayni kunlarda mahallalarda tashkil etilgan savdo shoxobchalari va ko‘chma do‘konlar tufayli bozorga kelayotgan xaridorlarning soni keskin kamaydi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda tuman Dehqon bozorida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar mahsulotlari zaxirasi etarli.

Eng muhimi, narx-navoning asossiz oshishi bo‘yicha vahimaga aslo o‘rin yo‘q.