Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EZGU ISHNING QANOTI BOR

×

 2020-03-29 13:54:44    968

PDF yuklash
Chop etish


Odamlarga mehr-oqibat ko‘rsatish, bir og‘iz shirin so‘z bilan dalda bo‘lish, ularni hushyorlikka chaqirish bugun har qachongidan ham muhim. Ana shunday damda mas’ullar bilan birga muruvvatli kishilar, tadbirkorlar ham ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olib ularga oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy vositalar tarqatmoqda.

Uchko‘prik tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan har bir mahalla fuqarolar yig‘inida “Biz sinovni birga engamiz!” nomli xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. 

Nuroniy otaxon va onaxonlar, yakka-yolg‘iz keksalar, imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, koronavirus pandemiyasi paytida dalda bo‘lish va himoyalash maqsadida tashkil etilgan aksiyada saxovatpesha tadbirkorlar ham faol ishtirok etmoqda.

SHunday saxovatpesha insonlardan biri mashadlik Farhodjon YUsufaliev ko‘magida “Mashad” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi kam ta’minlangan, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan hamda uy karantiniga olingan 12 ta xonadonga bepul oziq-ovqat mahsulotlari etkazildi.

“Mashad” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mirzoxid Xo‘jamatovning ta’kidlashicha, barcha xonadon egalari koronavirusdan himoyalanish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan targ‘ibot materiallari bilan tanishtirildi.

Aholi salomatligini saqlash va mamlakat bo‘ylab kasallik tarqalishining oldini olish yo‘lida hukumatimiz tomonidan qo‘yilayotgan talablarga to‘la amal qilib, uyda qolishlari tushuntirildi.

SHunday sinovli kunlarda xalq duosini olish, muhtojlarga yordam berish, ularga suyanchiq bo‘lish qonimizga singgan ezgu xislat. Bu kabi ibratli ishlarda ko‘plab tumandoshlarimiz boshqalarga o‘rnak bo‘layotgani ahamiyatlidir.

YUrtimiz boshiga tushgan mana shunday sinovli kunlarda birdamlik bilan bu baloga qarshi kurashish, muhtoj hamyurtlarimizga yordam qo‘lini cho‘zish insoniy burchimizdir.