Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKKA QARSHI KURASHDA BARCHA MAS’UL

×

 2020-02-01 17:26:34    1096

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining majlislar zalida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman prokurori A.To‘xtasinov, tuman hokimi o‘rinbosari SH.Pozilov, ichki ishlar bo‘limi rahbarlari, profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani, shu bilan birga, ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tildi.

Umumiy jinoyatlar sonini kamaytirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan yangicha tizim — hokimlik, prokuratura va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar yaxshi samara berayotgani e’tirof etildi.

Yig‘ilishda shu kabi eng muhim vazifalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar keng va atroflicha muhokama qilinib, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan ayrim xodimlar faoliyatiga nisbatan tanqidiy baho berildi.

SHu bilan birga, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda qonun buzilishini oldini olishda xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashib, boshqalarga o‘rnak bo‘la olgan xodimlar taqdirlandi.