Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OCHIQ SUD MAJLISI O‘TKAZILDI

×

 2020-02-27 11:38:36    1122

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining majlislar zalida ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi hisobidagi mahkumlar, nizoli oilalar vakillari, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar, shuningdek, ilgari sudlangan shaxslar ishtirokida ochiq sud majlisi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va sud raislari ishtirokida 265 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masala va muammolarni shu erning o‘zida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev ushbu shaxslarning yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish, hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va ularni qiynab kelayotgan muammolarga echim topish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berdi. SHuningdek, tadbir davomida ushbu shaxslarga murabbiylar biriktirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi raisi Nodirjon Mirzajonov jamoatchilik ishtirokida sayyor sud o‘tkazib, bir qator ishlarni ko‘rib chiqdi. Xususan, Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, moddiy zararni qoplamagani uchun Qirq qishlog‘ida yashovchi T. X.ga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, sud zalidan qamoqqa olindi.

SHuningdek, ochiq sud majlisi davomida ijobiy hulqi bilan ajralib turgan, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan probatsiya maxsus hisobidagi ayrim mahkumlar muddatidan avval belgilangan jazoni o‘tashdan ozod qilindi.

Uchko‘prik tumani ma’muriy sudi raisi K. Rahimov jamoatchilik ishtirokida sayyor sud o‘tkazdi. Unda tuman IIB XPB tomonidan mayda bezorilik sodir etganligi uchun Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi tartibida tayyorlangan surishtiruv hujjatlari va rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida bir guruh fuqarolarning ish hujjatlari ko‘rib chiqildi. Ularga sud qarori asosida ma’muriy qamoq va ma’muriy jarima jazolari tayinlandi.