Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI

×

 2020-02-27 11:54:02    1005

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 28 fevral kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida VI chaqiriq xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Uchko‘prik tumanida 2019 yil davomida sodir etilgan jinoyatlar, ularning oldini olish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokuraturasining axboroti.

2. A-373 Qo‘qon-Farg‘ona yo‘lining tuman markazidan kesib o‘tuvchi 3 kilometri ta’mirlanishi munosabati bilan Uchko‘prik tumani hokimligi binosiga tegishli qismini obodonlashtirish, ichki tartibni o‘rnatish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3. “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari SH.Pozilovning axboroti.

4. Xalq deputatlari tuman Kengashi Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasining “Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim deputatlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish haqida”gi masala yuzasidan axboroti.

5. Deputatlarning xalq deputatlari tuman Kengashining namunaviy Reglamentida belgilangan talablar hamda deputatlik ahloq-odob qoidalariga rioya etishlari, shuningdek, Kengashning har bir chaqirilgan sessiyasiga muntazam qatnashib borishlari va Kengash tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishlari to‘g‘risida.