Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI UCHKO‘PRIK TUMAN KENGASHINING TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2020-02-29 14:08:39    1009

PDF yuklash
Chop etish


28 fevral kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi A.Mahmudaliev ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibidan Uchko‘prik tumanida 2019 yil davomida sodir etilgan jinoyatlar, ularniNG oldini olish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli bo‘yicha tuman prokuraturasining axboroti, A-373 Qo‘qon-Farg‘ona yo‘li “Qo‘qon-Buvayda” shoxobchasining tuman markazidan o‘tuvchi 3 km qismi ta’mirlanishi munosabati bilan tuman hokimligi binosi atrofidagi hududni obodonlashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish, “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari SH.Pozilovning axboroti, Xalq deputatlari tuman Kengashining namunaviy Reglamentida belgilangan talablar hamda deputatlarning deputatlik ahloq-odob qoidalariga rioya etishlari, shuningdek, Kengashning har bir sessiyasida muntazam qatnashib borishlari va Kengash tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishlari to‘g‘risidaga masalalar o‘rin oldi.

Kun tartibidagi birinchi masala, tumanda qonuniylik holati va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat prokurori Ahmadjon To‘xtasinov ma’ruza qildi. U 2019 yil davomida tuman prokuraturasi tomonidan asosiy e’tibor tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jamiyat va davlat manfaatlarini, fuqarolarning konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini himoya qilish, ayniqsa, Prezident qarorlari, farmonlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlashga qaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tuman prokurorining qayd etishicha, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan davrda mansabdor shaxslarning 99 ta qarorlari qonunga zid bo‘lgani sababli bekor qilindi va qonun talabiga muvofiqlashtirilib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 191 nafar shaxs intizomiy, 72 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonun buzilishi yuzasidan 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning  636 ta murojaati bevosita prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning 166 tasi qanoatlantirildi.

Tuman prokuraturasi tomonidan 2019 yil barcha sohalarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasiga ko‘ra 270 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilib, 789 nafar shaxs, shu jumladan, 81 ta yuridik shaxslarning buzilgan huquqi tiklandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari SH.Pozilov “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi to‘g‘risida hisobot berdi.

Hisobotlar yuzasidan deputatlar taklif va tavsiyalar bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Sessiya davomida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.