Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAR BIR AYOL E’TIBORDA

×

 2020-03-08 22:00:31    973

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 8 mart kuni Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliev tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug‘ruqxona majmuasida bo‘lib, xodimlarning mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, bemorlar holidan xabar oldi hamda ularni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizg‘in qutladi.

Bahorning ilk ayyomi – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni tumanimizda ham ko‘tarinki ruhda, katta shodiyona bilan keng nishonlanmoqda.

Munis opa-singillarimizning aksari bayramni fayzli xonadonlarida, to‘kin dasturxon atrofida qarshi olishmoqda. Lekin shunday soha vakillari borki, ularning taqvimida “dam olish kuni”, “bayram” degan alohida qaydlar yo‘q. Ular – tibbiyot xodimlari, salomatligimiz posbonlaridir. Egniga oppoq libos kiygan shifokor ayollarning aksari bugungi bayramni o‘z yaqinlari davrasida emas, ish joyida – bemorlar dardiga davo izlash, ular qalbiga malham bo‘lishdek ezgu yumush bilan o‘tkazmoqdalar.

– So‘lim bahor faslining go‘zal bayramlaridan biri bo‘lmish 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Har bir xonadonda baxt, tinchlik-totuvlik, xotirjamlik hukmron bo‘lishida aziz ayollarimizning o‘rni katta, – dedi tuman hokimi. – Xalovatidan kechib, quvonchli kunlarda ham o‘z burchini sidqidildan ado etayotgan sizdek fidoyi opa-singillarimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Bayram barchangizga muborak bo‘lsin!

Akmaljon Mahmudaliev bemorlar bilan ham samimiy suhbatlashdi, ularni onalik baxti bilan qutladi, bayram sovg‘alarini ulashdi.

Har bir bayram qahramoniga gullar tutildi. SHifokor va bemorlarga YOshlar ittifoqi, "YOshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi va "Ishonch" kredit savdo markazining sovg‘alari topshirildi.

Bu o‘ziga xos tadbir go‘zal va latofatli opa-singillarimizning ko‘ngliga bahoriy iliqlik, bayramona shukuh olib kirgani, shubhasiz.