Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2,5 MING DONA TIBBIY NIQOB BEPUL TARQATILDI

×

 2020-03-29 13:35:21    1022

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz aholisi boshidan sinovli kunlarni o‘tkazayotgan bir paytda tumanimizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar kun sayin ortib bormoqda.

O‘z navbatida, ko‘chma dorixona mas’ullari aholiga koronavirus pandemiyasi taraqalishini oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish, hech qanday sabablarsiz ko‘chaga chiqmaslik, infeksiyadan o‘zini va yaqinlarini himoya qilishda tibbiyot xodimlari maslahatlariga qat’iy amal qilish, zarurat bo‘lib ko‘chaga chiqqan taqdirda, albatta tibbiy niqoblardan foydalanish kabi zarur tavsiyalarni ham bermoqda.

Bugun “Top viktory” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan tumanimizda maxsus ko‘chma dorixona shoxobchasi tashkil etildi.

Ko‘chma dorixona shu kunning o‘zida tuman markazida va “Sariqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, aholiga 2,5 ming dona bepul tibbiy niqob tarqatdi. SHuningdek, 15 mingta tibbiy niqob arzonlashtirilgan narxda sotildi.

Koronavirus pandemiyasi taraqalishini oldini olish hamda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj, oilasida nogironligi bor hamda ehtiyojmand oilalarga shaxsiy-gigiena vositalari, tibbiy himoya niqobi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar tarqatildi.

O‘z navbatida, ko‘chma dorixona mas’ullari aholiga koronavirus pandemiyasi taraqalishini oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish, hech qanday sabablarsiz ko‘chaga chiqmaslik, infeksiyadan o‘zini va yaqinlarini himoya qilishda tibbiyot xodimlari maslahatlariga qat’iy amal qilish, zarurat bo‘lib ko‘chaga chiqqan taqdirda, albatta tibbiy niqoblardan foydalanish kabi zarur tavsiyalarni ham bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda “Top viktory” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 12 ming dona antiseptik vositalar, 5 ming dona bir martalik qo‘lqoplar, 50 mingga yaqin tibbiy niqoblar zaxirasi yaratilgan va ertaga tumanimiz aholisiga arzonlashtirilgan narxda etkazib beriladi.