Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLAR AHOLINI BIRDAMLIKKA CHAQIRMOQDA

×

 2020-03-29 13:40:10    988

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani kengashi deputatlari xayrli tadbirni boshlab berishdi.

Mazkur xayriya aksiyasi doirasida deputatlar o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholini epidemiyaga qarshi kurashishda birdamlikka chaqirmoqda.

Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda. Fuqarolarga kasallikni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar hamda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilmoqda. Bundan tashqari, narx-navo o‘sishining oldini olish maqsadida mahallalardagi tadbirkorlik sub’ektlari ish faoliyati ko‘zdan kechirildi. Nogironligi bo‘lgan xonadonlar holidan xabar olindi.

Jumladan, tuman kengashi deputatlari – Avazbek Rahmonov, SHerali Qobilov, Zamiraxon O‘ljaeva, Isroiljon Isaqov saylovchilari xonadonlariga borib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish bilan birgalikda, bugungi sinovli damlarni bahamjihatlikda engib o‘tish uchun imkon qadar ularni o‘z uylarida qolishlariga undashdi.

– Bugungi kunda biz deputatlar har doimgidan ham ko‘proq aholi yonida bo‘lishimiz va ularni qo‘llab-quvvatlashimiz shart, – deydi Isroiljon Isaqov. – CHunki bu sinovni muhtaram yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, faqatgina birlashib enga olamiz. Barchani birdamlikka chorlaymiz.