Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIK TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY BILDIRISHI

×

 2020-04-05 21:17:45    984

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajagi buyuk davlatda yashovchi kambag‘al oila hamon devoriga tappi yopmoqda!” sarlavhali ma’lumot tarqatildi.

Ushbu ma’lumotda Uchko‘prik tumanidagi qo‘li kalta oilaga yordam berilgani, ammo gazdan mahrum xonadon ahli hali-hamon devoriga tappi yopayotgani qayd etilgan.

Uchko‘prik tumani hokimligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ma’lumotda keltirilgan holat tuman hokimligi, “Hududgaz Farg‘ona” MCHJ “Uchko‘priktumangaz” filiali, “Sobirjon” mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, suratda ko‘rsatilgan xonadon Sobirjon qishlog‘ida joylashgan. Xonadonda fuqaro Zuhra O‘rinova 2 nafar voyaga etmagan farzandi bilan doimiy istiqomat qiladi.

Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati doimiy nazoratga olingan. Tuman hokimligi, sektor rahbari – davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan bir necha marta moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan. Karantin davrida ham homiylar ko‘magida bepul oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Zuhra O‘rinovaga boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa belgilangan. Voyaga etmagan farzandlari uchun ham muntazam nafaqa puli to‘lanadi. 3 sotix tomorqasiga ekin ekib, foydalanib keladi. SHuningdek, chorva mollariga ham ega.

Zuhra O‘rinovaning uyi joriy yilda Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ta’mirlanadigan xonadonlar ro‘yxatiga kiritilgan. SHu tariqa mazkur oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.

“Uchko‘priktumangaz” ma’lumotiga ko‘ra, Uchko‘prik tumanida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan 38047 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Tumandagi 43562 ta aholi xonadonlari shartnoma asosida maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlangan.

Zuhra O‘rinovaning xonadoni ham suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan va gaz ballon bilan ta’minlangan.