Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI SANOAT KORXONALARI – TARAQQIYOT POYDEVORI

×

 2020-04-16 11:29:27    1077

PDF yuklash
Chop etish


Imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan joyda albatta, taraqqiyot bo‘ladi. “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi ham bugun rivojlanish pallasida bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida bu erda 35 ta investitsiyaviy loyihalar amalga oshirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida 195,4 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 3,2 million dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi. YAngi foydalanishga topshirilayotgan korxonalarda ham sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlanmoqda.

Erkin iqtisodiy zonada tashkil etilgan istiqbolli loyihalardan yana biri bir million dollarga yaqin investitsiya kiritilgan ”Ipchi ziyo baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir.

Mahalliy xomashyodan sun’iy ip ishlab chiqarish borasida olib borilgan amaliy ishlar sanoat tarmoqlari uchun o‘ziga xos qulayliklar yaratib berayotgani bilan ahamiyatli. Tikuvchilik, to‘qimachilik tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan mahsulot turlari shu kunga qadar Xitoy va Turkiyadan keltirilgan. Ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi loyiha bu boradagi ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarga barham berdi. Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 3 tonnani tashkil qiladi.

“Ipchi ziyo baraka” MCHJ rahbari Qahramon Jo‘raevning aytishicha, korxonada nafaqat xomashyo, balki tayyor mahsulot turlarini ishlab chiqarish borasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. SHu maqsadda “Xalq banki” Uchko‘prik tuman bo‘limidan 220 ming AQSH dollari miqdorida kredit olindi. Bu paypoq to‘qish va polestr ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi tarmoqlar faoliyatini qo‘lga qo‘yish hamda 60 ta yangi ish o‘rini yaratishda qo‘l keladi.