Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HARBIY QISMDA KO‘CHMA SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI

×

 2020-04-16 11:33:38    1082

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tuman hokimligi va sektorlar rahbarlari tomonidan mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘chma savdo rastalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa karantin davrida aholi uzog‘ini yaqin qilib, ularga bir qator qulayliklar yaratmoqda.

Tuman hokimligi tomonida ana shunday yarmarkalardan biri 12 aprel kuni tumanga chegaradosh hududda joylashgan harbiy qismda tashkil etildi.

YArmarkada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari – go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i, un, kartoshka, piyoz, sabzi, shakar, mevalar, dukkakli mahsulotlar va ro‘zg‘or buyumlari hamda shaxsiy gigiena vositalari sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Xuddi shunday arzonlashtirilgan narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari Uchko‘prik tumanidagi har bir mahallada tashkil etilgan.

Bu esa aholiga arzon va sifatli mahsulotlar etkazish bilan birga narxlarning asossiz ravishda oshirilishining oldini olmoqda.