Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIKLIK KASANACHI AYOLLAR 50 MINGGA YAQIN NIQOB TIKISHDI

×

 2020-04-05 14:08:55    1028

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumani Mullazoir mavzesidagi namunali xonadonlarda yashovchi nogironligi bor 10 nafar xotin-qiz kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ish bilan ta’minlandi. Ayni paytda ular “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan "Pipitto" korxonasi buyurtmasi asosida o‘z uylarida himoya niqoblarini tikishmoqda.

Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Munira Xolmirzaevaning ta’kidlashicha, ayni paytgacha kasanachi ayollar 47 ming dona himoya niqobi tikib, buyurtmachiga etkazib berishgan.

Avvalroq uy-joyga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatda yashayotgan hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar Mullazoir mavzesidagi yangi uy-joylarga ko‘chib o‘tgandi.

Arzonlashtirilgan loyiha asosida uy-joylar bilan ta’minlangan, lekin doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditini qoplashga layoqatsiz, biroq kasanachilik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarga tuman hokimligi tomonidan zamonaviy tikuv mashinalari etkazib berilgan.