Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

842025-07-30 16:34

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151600/news/file-2095880938296735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151600/news/file-2095880938299125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151600/news/file-2095880938301515.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151600/news/file-2095880938303905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151600/news/file-2095880938306295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151600/news/file-2095880938307490.jpg
Uchko‘prik tumani hokimligida energiya samaradorligini oshirish va muqobil energiya manbalarini keng joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Tuman prokuraturasi tashabbusi bilan "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ hamkorligida tashkil etilgan seminarda tumandagi nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, tijorat banklari vakillari, ta’minotchi tashkilotlar mutasaddilari hamda energetika sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda muqobil energiya vositalarini keng joriy etish nafaqat tizimdagi xarajatlarni kamaytirishi, balki energetik xavfsizlik va ekologik muvozanatni ta’minlashda ham muhim omil ekani qayd etildi. Mutaxassislar tomonidan muqobil energiyaning iqtisodiy va ekologik afzalliklari – uzoq muddatli tejamkorlik, energiya mustaqilligi va tabiatga zarar yetkazmasligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bank xodimlari muqobil energiya tizimlarini joriy etish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, davlat dasturlari va qo‘llab-quvvatlov mexanizmlari xususida taqdimot qilishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz